Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekneftgaz Tojikistonda tibbiyot majmuasi quradi
O‘zbekneftgaz AJ Tojikistonda tibbiyot majmuasi qurish loyihasini amalga oshiradi. Bugun, 9 avgust kuni O‘zbekiston-Tojikiston chegarasini qurilish materiallari, maxsus texnika va jihozlar ortilgan yuk avtokarvoni kesib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekneftgaz matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Tojikiston janubida tibbiyot majmuasini beg‘araz asosda qurib, Tojikiston tomoniga topshiradi. Majmua 200 o‘ringa mo‘ljallanishi rejalashtirilgan.
Xatlon viloyatida zamonaviy tibbiyot majmuasining qurilishi O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish choralari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshiriladi.
Qurilishning birinchi bosqichi doirasida yo‘lga chiqqan avtokarvon shuningdek, eskalator, treyler, muhandis-texnik xodimlar uchun mo‘ljallangan maxsus vagonlarni olib ketmoqda.
Bundan tashqari, 15 nafar mutaxassis ham yo‘lga tushgan.
Mavzuga oid
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
20:28 / 17.12.2025
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
18:59 / 17.12.2025