Jahon | 09:05 / 10.08.2018
4906
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada Maduroga suiqasdda gumonlanayotganlarning soni ma'lum qilindi

Foto: Xinhua globallookpress.com

Venesuela Ichki ishlar vazirligi rahbari Nestor Reverolning tvitterda ma'lum qilishicha, mamlakat prezidenti Nikolas Maduroga suiqasd uyushtirishda gumon qilinganlarning soni 25 kishini tashkil etmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunga kelib politsiya tomonidan sakkiz nafar gumonlanuvchi ushlangan.

Avvalroq, Venesuelada Maduroga qilingan suiqasd ishi bo‘yicha ikki nafar deputat daxlsizlikdan mahrum bo‘lganligi xabar qilingandi.

Ta'kidlanishicha, Venesuela milliy ta'sis yig‘ilishi o‘zining maxsus majlisida parlamentdagi muxolifat deputatlari Xulio Borxes va Xuan Rekesensni parlamentlik daxlsizligidan mahrum qildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Venesuela AQShga suiqasd bo‘yicha ish yuzasidan talab qo‘ygandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid