Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela AQShga suiqasd bo‘yicha ish yuzasidan talab qo‘ydi
Foto: EPA-EFE/Miguel Gutiérrez
Venesuela AQShdan prezident Nikolas Maduroga amalga oshmagan suiqasdni tashkil etishda gumonlanayotgan Osman Delgado Taboskani ekstraditsiya qilish haqida so‘radi, deya xabar beradi RIA «Novosti» mamlakat Tashqi ishlar vazirligi vakiliga asosan.
«Prezident Nikolas Maduroning buyrug‘ini bajarish chog‘ida TIV rahbari Xorxe Arreasa va bosh prokuror Tarek Uilyam Saab AQShning muvaqqat ishlar bo‘yicha vakili Jyeyms Stori bilan uchrashdi», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, Stori Venesueladagi so‘nggi voqealar yuzasidan jiddiy xavotirda ekanini bildirdi va Qo‘shma Shtatlar hamkorlikka tayyor ekanini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela muxolifati rahbari suiqasd haqida o‘z fikrini bildirgandi.
Mavzuga oid
21:56 / 27.01.2026
FIFA sobiq rahbari Blatter jahon chempionatini boykot qilishga chaqirdi
18:47 / 27.01.2026
AQSh rasman Parij iqlim kelishuvidan chiqdi
15:53 / 27.01.2026
AQShda qor bo‘roni 1 milliondan ortiq uyni elektrsiz qoldirdi
11:50 / 27.01.2026