Hindiston kinokompaniyasi O‘zbekistonda hujjatli film suratga olishga kirishdi
“Creative concepts Films” kompaniyasi 23 ming kilometr yo‘l bosib, 24 mamlakat hududida, 120 kun davomida Hindistonning Dehli shahridan Buyuk Britaniyaning London shahrigacha bo‘lgan masofani mashinada bosib o‘tib, davlatlarning boy turistik salohiyat va madaniy an'analarini targ‘ib etishga qaratilgan maxsus xujjatli filmni tasvirga olishmoqda. O‘zbekiston ham ularning yo‘l xaritasidan o‘rin olgan bo‘lib ayni vaqtda ular mamlakatimiz hududida.
Kompaniya vakillari ushbu haftada “O‘zbekkino” MAga tashrif buyurishdi va taniqli kinoijodkorlar Obid Asomov, Muqaddas Xoliqova va Fotix Jalolov ishtirokida maxsus intervyuni suratga olishdi. Intervyu davomida kinoijodkorlar “Youtube” va “Amazon” tarmoqlari orqali kino mahsulotlarini tomosha qilish darajasi, mamlakatimizda kino mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va kino san'atining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuzasidan fikr almashdilar.
“Creative Soncepts Films” kompaniyasi vakillari Andijon, Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi hamda Toshkent va Nukus shaharlaridagi madaniy-tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishadilar va tasvirga oladilar.
Bundan asosiy maqsad hind kinoijodkorlari uchun tasvirga olishga qulay bo‘lgan joylarning media xaritasini shakllantirishdan iborat.
Mavzuga oid
17:36
Hindiston xalqaro aeroportida havoning ifloslanishi tufayli 200 dan ortiq reyslar kechiktirildi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
19:10 / 13.11.2024
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
20:33 / 07.11.2024