Jahon | 15:08 / 11.08.2018
5932
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyadagi zilzila qurbonlari soni 380 kishidan oshib ketdi

Foto: REUTERS

Indoneziyaning Lombok oroli shimolida sodir bo‘lgan 7 magnitudali kuchli zilzila oqibatida 387 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti» mamlakatning Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha milliy boshqarmasiga tayangan holda.

Xabar qilinishicha, zilzila qurbonlari soni ko‘payishi mumkin, chunki halok bo‘lganlar jasadi binolar vayronalari va ko‘chkilar ostida qolib ketgan. Shuningdek, boshqarmadan bildirishlaricha, mahalliy rasmiylar barcha o‘lim holatlari haqida to‘liq ma'lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyadagi zilzila qurbonlari soni 347 kishiga yetgandi.

Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi 9 avgust kuni Lombok orolidagi magnitudasi 6,1 bo‘lgan takroriy zilzila haqida xabar qildi. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometrlik yer tubida joylashgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid