Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya AQSh sanksiyalariga javob qaytarishga tayyorlanmoqda
Foto: RIA Novosti
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning Serbiyaga tashrifi chog‘ida ma'lum qilishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni «rivojlanish uchun resurslar» yo‘qolgani sababli joriy qilmoqda. Zaxarovaning so‘zlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.
Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda Rossiya hukumati AQShning yangi sanksiyalariga qarshi javob choralarini ishlab chiqmoqda.
«Afsuski, biz navbatdagi marta munosabatlarni qanday qilib yaxshilash va boshi berk ko‘chadan olib chiqish haqida o‘ylash o‘rniga, javob choralari haqida so‘z yuritishga majbur bo‘lmoqdamiz», - deya ta'kidlab o‘tgan Zaxarova.
Shuningdek, rasmiy vakilning taxminicha, AQSh «keyingi rivojlanish uchun resurslar» yo‘qolganini tushungani sababli yangi sanksiyalarni joriy qilmoqda. Uning fikriga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarga hozirgi vaziyatni bartaraf etish uchun «haqiqiy ekspansiya» kerak. Zaxarovaning bu bayonot bilan eslatishicha, so‘nggi vaqtlarda AQSh hukumati KXDR va Eronga qarshi qat'iy sanksiyalar siyosatiga rioya qilyapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar AQShga zarba bo‘lib tushishi mumkinligi aytilgandi.
Mavzuga oid
17:12
Yevrokomissiya rahbari: Grenlandiya bo‘yicha AQShga javob “qat’iy” bo‘ladi
11:54
Lavrov Rossiyaning Qrimni qo‘shib olishini AQShning Grenlandiya bo‘yicha rejalari bilan taqqosladi
11:15
Oq uy: Tramp samolyoti elektronikadagi nosozlik sabab ortga qaytdi
10:30