Rossiya Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning Serbiyaga taşrifi çoğida ma'lum qilişiça, Amerika Qöşma Ştatlari Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalarni «rivojlaniş uçun resurslar» yöqolgani sababli joriy qilmoqda. Zaxarovaning sözlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.
Zaxarovaning sözlariga köra, hozirgi paytda Rossiya hukumati AQŞning yangi sanksiyalariga qarşi javob çoralarini işlab çiqmoqda.
«Afsuski, biz navbatdagi marta munosabatlarni qanday qilib yaxşilaş va boşi berk köçadan olib çiqiş haqida öylaş örniga, javob çoralari haqida söz yuritişga majbur bölmoqdamiz», - deya ta'kidlab ötgan Zaxarova.
Şuningdek, rasmiy vakilning taxminiça, AQŞ «keyingi rivojlaniş uçun resurslar» yöqolganini tuşungani sababli yangi sanksiyalarni joriy qilmoqda. Uning fikriga köra, Qöşma Ştatlarga hozirgi vaziyatni bartaraf etiş uçun «haqiqiy ekspansiya» kerak. Zaxarovaning bu bayonot bilan eslatişiça, sönggi vaqtlarda AQŞ hukumati KXDR va Eronga qarşi qat'iy sanksiyalar siyosatiga rioya qilyapti.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar AQŞga zarba bölib tuşişi mumkinligi aytilgandi.












