Jahon | 07:39 / 11.08.2018
4288
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Makron bilan xavfsizlik va savdoni muhokama qildi

Foto: Charles Platiau/Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, «turli masalalar» bo‘yicha Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.

Trampning ta'kidlashicha, Makron bilan «juda yaxshi» telefon muloqot o‘tkazgan.

«Biz xavfsizlik va savdo kabi turli masalalarni muhokama qildik», - deya qayd etib o‘tdi Tramp.

Qo‘shma Shtatlar prezidentining qo‘shimcha qilishicha, bugun unda yana ko‘plab qo‘ng‘iroqlar va muhokamalar rejalashtirilgan. Xususan, u Apple bosh direktori Tim Kuk bilan birga kechki ovqatda bo‘ladi. U, Trampning so‘zlariga ko‘ra, «AQShda katta miqdorda pulni investitsiya qilmoqda».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Putinga maktub yuborgani ma'lum bo‘lgandi. 

Mavzuga oid