Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun Surxondaryo viloyatidagi 1ta OTMda test sinovlari davom etmoqda
Foto: Facebook/Aziz Abduhakimov
Bugun Surxondaryo viloyatidagi 1ta oliy ta'lim muassasasida test sinovlari davom etmoqda, deb xabar beradi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.
Test sinovlari materiallari maxfiyligi va daxlsizligini ta'minlagan holda test sinovlaridan 1 kun avval 12 avgust kuni test sinovlari o‘tkaziladigan 8ta binoga yetkazildi.
Ma'lumot uchun: Surxondaryo viloyatida test sinovlari davom etmoqda. Boshqa barcha viloyatlar va Toshkent shahrida test sinovlari yakunlandi.
Test sinovlari 8:00da boshlandi. Test sinovlarida 1ta oliy ta'lim muassasasining 3ta ta'lim yo‘nalishida 2 ming 1 nafar abituriyent ishtirok etmoqda.
Tezkor ma'lumotlarga ko‘ra 68 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi (hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgani o‘rniga kirishga uringanligi) sababli 1 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.
Barcha test sinovlari o‘tadigan binolarda 1-smenada test sinovlari soat 11:30da yakunlanadi. 2-smena 15.00da boshlanadi.
Shu kunning o‘zida test sinovlari natijalari Davlat feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta'minlagan holda Davlat test markaziga qaytariladi.
Yakuniy ma'lumotlar test sinovlari 1-smenada tugagunidan so‘ng taqdim etiladi.
Mavzuga oid
08:22 / 13.03.2026
Namangan va Surxondaryoda mansabdorlarning noqonuniy harakatlari to‘xtatildi
11:52 / 03.03.2026
Surxondaryoda nohaq ayblanganini aytgan yolg‘iz onaning ishi kassatsiyada o‘zgartirildi
21:22 / 28.02.2026
Surxondaryoda o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish topshirig‘ini bergan “zamhokim” ishdan olindi
13:35 / 28.02.2026