Qozog‘istonda yil boshidan buyon uchta terrorchilik harakatining oldi olindi
Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi joriy yil boshidan buyon respublikada uchta teraktning oldini oldi, deb xabar berdi «Interfaks-Kazaxstan» milliy xavfsizlik qo‘mitasiga asoslanib.
MXQning ma'lumotiga ko‘ra, radikallar huquqni muhofaza qilish va maxsus davlat muassasalariga hamda mahalliy ijro organlari binolari va xodimlariga hujum qilishni rejalashtirishgan.
Terakt tashkil etishda ayblanib 13 nafar qozog‘istonlik hibsga olingan.
«Yil boshidan buyon terrorizmni targ‘ib etgani uchun 26 nafar Qozog‘iston fuqarosi qo‘lga olingan. «Islom davlati», «Hay'at Tahrir ash-Sham», «Katibad Tauhid val-Jihad» terrorchi tashkilotlari faoliyatida qatnashgani uchun esa 18 qozog‘istonlik ushlangan», – deyiladi xabarda.
2017 yilda Qozog‘istonda 11ta teraktning oldi olingan.
Mavzuga oid
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
12:30 / 17.09.2024