Jahon | 16:19 / 13.08.2018
10259
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml: Putin hozircha AQShning yangi sanksiyalari bo‘yicha ko‘rsatmalar bermadi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qo‘shma Shtatlarning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari munosabati bilan hozircha hech qanday ko‘rsatmalar bermadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi, deya xabar beradi RIA «Novosti».

Peskovning ta'kidlashicha, sanksiyalar hali joriy qilinmagan va cheklovlarning aniq tarkibi noma'lum bo‘lib turibdi. Javob haqida gapirishga hali erta.

Shu bilan birga, matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalarga javob o‘zaro moslik prinsipiga asoslanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar AQShga zarba bo‘lib tushishi mumkinligi aytilgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid