Iqtisodiyot | 07:02 / 14.08.2018
13342
2 daqiqa o‘qiladi

Liraning qulashi. Turkiya maxsus reja ishlab chiqdi

Foto: Haberturk

Turkiya moliya va g‘aznachilik vaziri Berat Olbayrakning aytishicha, milliy valyutaning keskin pasayishi fonida moliya bozorini barqarorlashtirish uchun valyuta tartibini ta'minlash niyatida. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.

«13 avgustdan boshlab, hukumat bank tuzilmalari bilan birgalikda real sektorni qo‘llab-quvvatlash imkonini beruvchi rejani amalga oshira boshladi, unda milliy valyuta kursining tebranishlari ta'siri juda sezilmoqda. Biz uchun valyuta tartibini ta'minlash muhim, Moliya vazirligi byudjyetdan tashqari xarajatlar masalasida yon bosmaydi. Bu borada barcha tuzilmalar va banklarga aniq ma'lumot berildi», - deya vazirning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Olbayrakning so‘zlariga ko‘ra, «banklarda saqlanayotgan valyuta turk lirasiga o‘tkazilmaydi». «Bozorlarda ajiotaj yaratish uchun bu haqda mish-mishlarni tarqatayotgan har bir kishi qonun oldida javob beradi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyani valyuta inqirozi qamrab olgani, lira rekord darajagacha qulagani xabar berilgandi.

Yil boshidan buyon turk lirasi o‘z qiymatining 27 foizini yo‘qotdi. Kecha 1 AQSh dollari 7,1 turk lirasiga sotilgan.

Mavzuga oid