Turk lirasi bir neça haftadan beri qiyin ahvolda turibdi, biroq deyarli 20 foizga qulaş atigi bir kunning içida yuz berdi - bu Turkiya iqtisodiyoti uçun rekord. Prezident Erdöğan endi fuqarolarni banklarga barça pullarini olib borişga çaqirmoqda.

Yil boşidan buyon turk lirasi öz qiymatining 27 foizini yöqotdi. Bugun 1 AQŞ dollari 7,1 turk lirasiga sotilgan.

Erdöğanga qarşi iqtisodiy uruşni NATO böyiça öz ittifoqdoşi - AQŞ boşladi. Aynan turk pölat va alyuminiysiga bojlarni ikki barobarga oşiriş haqidagi qaror lira qulaşini yanada kuçaytirdi. 

Bundan taşqari, lira kursining tuşişi AQŞ prezidenti ma'muriyatining Turkiyaning AQŞ bozoriga bojsiz kirişi masalasini qayta körib çiqiş haqidagi bayonotidan söng röy bergan. 

Sayyohlar va xorijliklar uçun bu unçalik yomon emas. Hammasi har kuni arzonlaşmoqda. Biroq, mahalliy aholi taşvişda, ularning daromadi tuşib ketyapti.