Seulda KXDR va Koreya Respublikasi sammitining ehtimoliy sanasi e'lon qilindi
Shimoliy va Janubiy Koreya vakillari bu yilgi ikkinchi sammitni 12 va 13 sentabr kunlari o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning maslahatchisi JTBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Yaponiyaning Jiji agentligi.
Maslahatchining so‘zlariga ko‘ra, sammit 12-13 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Uning ta'kidlashicha, bu uchrashuv Shimoliy Koreya tashkil topganining 70 yilligiga bag‘ishlanadi, u 9 sentabr kuni nishonlanadi.
Shu bilan birga, maslahatchining qo‘shimcha qilishicha, ayni damda shimol va janub o‘rtasidagi urush tugagani haqida e'lon qilish ehtimoli ancha past.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR va Janubiy Koreya yangi sammitni o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olgandi.
Mavzuga oid
02:35
NBC: Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan uchrashuv oldidan golf mashg‘ulotlarini qayta boshladi
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
12:38 / 11.11.2024
Alisher Abdusalomov Janubiy Koreya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
00:08 / 11.11.2024