Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hukumati OTMlarga o‘qishga tavsiya qilingan abituriyentlarni qutladi
O‘zbekistondagi barcha oliy ta'lim muassasalarida test sinovlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Facebook'dagi sahifasi orqali shu haqida ma'lum qilib, o‘qishga tavsiya qilingan abituriyentlar va ularning ota-onalarini tabrikladi.
"Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar!
Bugun 2018 yil 13 avgust kuni respublikadagi barcha 60 ta oliy ta'lim muassasasi va ularning 19 ta filiallarida test sinovlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Test natijalari test sinovi o‘tgan kunning ertasiga Davlat test markazi tomonidan dtm.uz saytida e'lon qilib borildi.
Test sinovlari natijalariga ko‘ra oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga tavsiya qilingan abituriyentlarni va ularning ota-onalarini farzandlari o‘qishga kirganligi bilan tabriklaymiz", - deyiladi manbada.
Shuningdek, ma'lum qilinishicha, superkontrakt miqdori to‘g‘risidagi ma'lumotlar 15 avgust kuni Davlat test markazi saytida ma'lum qilinadi:
"Oliy ta'lim muassasasiga kirish uchun yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan oshirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) miqdori to‘g‘risidagi ma'lumot 2018 yil 15 avgustda Davlat test markazining dtm.uz va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining edu.uz saytlarida e'lon qilinadi".
Mavzuga oid
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
20:11 / 26.05.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
20:24 / 08.05.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi
13:52 / 23.04.2026