Ilk marta O‘zbekistonda: Ot sporti bo‘yicha Jahon kubogining final bosqichi
O‘zbekiston sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2018 yilgi kalendar rejasiga ko‘ra, 2018 yilning 5-9 sentabr kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani “Allyur” ot sporti majmuasida ot sporti bo‘yicha Jahon kubogining final bosqichi o‘tkaziladi.
Ta'kidlash joizki, bu ot sporti bo‘yicha Jahon kubogi final bosqichining birinchi marta O‘zbekistonda o‘tkazilishi.
O‘tkaziladigan Jahon kubogida jami 17 davlatdan 20 nafar chet ellik sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.
Jahon kubogining ochilishi marosimi 2018 yilning 5 sentabr kuni Bo‘stonliq tumani “Allyur” ot sporti majmuasida o‘tkazilishi belgilangan.
Musobaqa uch bosqichda o‘tkazilib, birinchi bosqich - O‘zbekiston, ikkinchi bosqich - Qirg‘iziston va uchinchi bosqich Qozog‘iston davlatida bo‘lib o‘tgan.
Jahon kubogining final bosqichini O‘zbekistonda o‘tkazilishi mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘sini yanada mustahkamlash yo‘lida xizmat qiladi.
Mavzuga oid
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
18:10 / 04.11.2024
Bo‘stonliqda tog‘ echkisini ovlagan brakoner ushlandi
21:21 / 17.10.2024
O‘zbekistonning ShHT budjetidagi ulushi ma’lum bo‘ldi
23:53 / 30.09.2024