Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rahmatjon Ro‘ziohunov: «O‘zbek boksining butun dunyoda o‘ziga yarasha o‘rni bor»
18 avgust kuni Indoneziyada XVIII Osiyo o‘yinlari start oladi. Kun.uz muxbiri ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadigan boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining a'zolari bilan “Toshkent” xalqaro aeroportida suhbat uyushtirdi.
Terma jamoa murabbiylaridan biri Rahmatjon Ro‘ziohunovning aytishicha, bokschilarimiz yaxshi tayyorgarlikdan o‘tishgan.
"O‘zbek boksining butun dunyoda o‘ziga yarasha o‘rni bor. Yaxshi natijalar ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Tarkibda yangi sportchilar ham bor, bular - Bobo-Usmon Baturov va Mirazizbek Mirzahalilov. Bular asosan xalqaro musobaqalarda qatnashib kelgan sportchilar. Osiyo o‘yinlarida ilk marta qatnashishmoqda. Tarkibning qolgan qismida o‘zgarishlar yo‘q - Hasanboy Do‘smatov, Jasurbek Latipov, Shunqor Abdurasulov, Iqboljon Xoldorov, Isroil Madrimov va Yodgoroy Mirzayeva.
Boksda bitta zarba ham barchasini hal qilib yuborishi mumkin. Har bir raqibga alohida e'tibor bilan yondashish talab etiladi. Qozog‘iston, Malayziya, Qirg‘izistonda kuchli bokschilar bor. Ular asosiy tarkibi bilan kelyapti”, - deydi Ro‘ziohunov.
Mavzuga oid
22:44 / 14.12.2025
O‘zbekiston para sportchilari yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘smatov ikki karra jahon chempioniga aylandi
19:34 / 28.11.2025