Jamiyat | 20:45 / 15.08.2018
28292
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda akasi va yangasini o‘ldirgan shaxs 22 yilga qamaldi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi Baxtiyor Shukurov oilaviy janjal sababli akasi va yangasini bolta bilan chopib o‘ldirgani uchun 22 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi uni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (o‘ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam o‘ldirilishi)da ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topdi va uni 22 yil muddatga amnistiya qo‘llash tartibisiz qat'iy rejimdagi koloniyada jazo o‘tashga hukm qildi.

Shukurov shu yilning 14 mart kuni oilaviy janjal oqibatida 58 yoshli akasi va uning 55 yoshli turmush o‘rtog‘ini bolta bilan o‘ldirgan.

Ma'lum qilinishicha, u 2003-2014 yillar orasida bir necha marta qamoqxonalarda jazo o‘tab chiqqan. Shukurov so‘nggi bor 2014 yilda O‘zbekiston prezidenti tomonidan e'lon qilingan amnistiyaga ko‘ra ozodlikka chiqarilgan.

Mavzuga oid