Yangiyöl tumanida turmuş örtoğining qotiliga aylangan 28 yoşli şaxsga sud hukmi öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, 1997 yilda tuğilgan D.N. “Toşkent metropoliteni” DUKda elektropoyezd maşinisti bölib işlab kelgan. U oilaviy janjal tufayli ota uyiga ketib qolgan turmuş örtoği G.N. bilan gaplaşib oliş maqsadida 2024 yil 10 dekabr kuni ertalab xotini işlaydigan oilaviy poliklinikaga borgan. Erkak turmuş örtoğini işxonasidan olib çiqib, Nexia maşinasiga mindirgan hamda Yangiyöl tumani Baytiş mahallasi hududidan oqib ötuvçi Salar kanali yoniga olib borgan.

Maşinasini kanaldan ötuvçi köprik ustida töxtatgan D.N. yonidagi oşxona piçoği bilan G.N.ning çap kökrak qafasiga zarba berib, uni qasddan öldirgan. Söng marhuma murdasini maşinadan tuşirib, Salar kanaliga taşlab yuborgan va voqea joyidan yaşiringan.

D.N. sudda aybiga iqrorlik bildirgan.

“G.N. bilan 2021 yilda sevişib turmuş qurganmiz. Bir nafar öğlim bor. G.N. Yangiyöl tumanidagi oilaviy poliklinikada işlab kelgan. 2023 yilda turmuş örtoğim savdo-sotiq qiliş maqsadida Turkiya davlatiga borib keldi. Şundan söng uning harakatlarida özgarişlar boşlandi. U bilan tez-tez oilaviy kelişmovçiliklar kelib çiqdi. Köpçilikdan qarz olib, mendan yaşirib kelgan. Şu kabi holatlar takrorlanib turganidan söng örtamizdagi munosabatlar sovuqlaşib qoldi.

2024 yil may oyidan buyon G.N. bilan birga yaşamay keldik. Biroq örtada farzand bölgani va sevib oila qurganim sababli yaraşiş niyatim bor edi. Şu uçun farzandim va turmuş örtoğimdan uyiga borib xabar olib turdim”, degan erkak suddagi körsatmasida.

Şuningdek, u turmuş örtoği bilan olgan pullarini qayerga işlatganini söraş va gaplaşib oliş maqsadida uçraşganini, qilgan işidan çin köngildan puşaymonligini aytgan.

Marhumaning yaqinlari esa D.N. aslida ikki kişining hayotiga zomin bölganini bildirib, unga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlaşni söraşgan.

JIB Yangiyöl tuman sudi hukmi bilan D.N. Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni (homiladorligi aybdorga ayon bölgan ayolni qasddan öldiriş) sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.