O‘zbekiston | 19:05 / 15.08.2018
13581
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan Jiddaga muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 28 oktabrdan Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar qildi.

Reyslar haftada ikki marta Boeing 767 samolyotlarida quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:

Seshanba va yakshanba: HY-335 Toshkent 17:50 — Jidda 21:00.

Seshanba va yakshanba: HY-336 Jidda 22:30 — Toshkent 05:10+1 (parvoz soatlari mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan).

Bunga qadar Jiddaga parvozlar «haj» dasturi doirasida charter asosida amalga oshirilardi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid