Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Farg‘onada desantchilar tunda parashyut bilan sakrashdi
Farg‘ona viloyatidagi harbiy aerodromlardan birida 150 nafarga yaqin desantchilar ilk bor tungi vaziyatda parashyut bilan sakrash mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Kun.uz»ga ma'lum qildi.
Harbiy xizmatchilarishtirokida o‘tkazilayotgan parashyutdan amaliy sakrash mashqlari yangicha yondashuv va jangovar imkoniyat sifatini oshirish asnosida olib borilgan. Ta'kidlash lozimki, avvalgi yillarga qaraganda bu kabi amaliy o‘quv mashg‘ulotlar soni keskin ko‘paygan. O‘tkazilgan tahlillar, jiddiy tanqidiy yondashuvlar asosida yurt himoyachilarining jangovar shayligini samarali oshirish imkonini beradigan mashqlar o‘quv dasturiga kiritilmoqda.
Desantchilar maxsus tayyorgarlikdan keyin tunggi ko‘rish moslamalari yordamida 800 metr balandlikdan parashyut bilan sakrashni amalga oshirdi. Tunda sakrash mashqlarini o‘tkazishdan maqsad harbiy xizmatchilarining noqulay vaziyatlarda qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga o‘rgatish, o‘ziga bo‘lgan ishonch va ruhiy tayyorgarligini oshirish, janovar shayligini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdan iborat.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026