Jahon | 16:05 / 15.08.2018
7759
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya rahbari KXDR bo‘yicha va'da berdi

Foto: Korea Summit Press Pool/Reuters

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning ma'lum qilishicha, ikki Koreyaning temir va avtomobil yo‘llarini yil oxirigacha birlashtirishni rejalashtirilmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Bundan tashqari, Mun Chje Inning ma'lum qilishicha, keskinlik yo‘qoladigan bo‘lsa, ikki Koreya chegara oldi tumanlarida birlashgan maxsus iqtisodiy zonani ham tashkil etishi mumkin.

«Agarda keskinlik yo‘qolsa va tinchlik o‘rnatilsa, Kyongido hamda Kanvodno provinsiyalarining chegara oldi tumanlarida yagona maxsus iqtisodiy zona tashkil etiladi», - deya ma'lum qildi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘plab ish o‘rinlari yaratish va mintaqaning rivojlanishi uchun imkoniyat beradi. Shuningdek, o‘rta va kichik korxonalarga ham yordam bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Kim Chen Inga telegramma yuborgani, yaqin vaqt ichida uchrashuv o‘tkazilishi mumkin ekani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid