Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nonushtaning kutilmagan foydasi aniqlandi
Buyuk Britaniyadagi Bata universiteti tadqiqotchilarining aniqlashicha, jismoniy mashqlardan oldin nonushta qilish uglevodlarni yo‘qotish va jismoniy faollikdan so‘ng ovqatni tezroq hazm qilishga yordam beradi. Bu haqda MedicalXpress’dagi matbuot uchun xabarnomada aytiladi.
Tadqiqotda 12 nafar sog‘lom erkak ishtirok etdi, ular yoki ertalab taom tanovul qilishgan (sutli suli bo‘tqasi), yoki velotrenajyordagi bir soatlik mashqdan oldin och qolishgan. Nonushta va jismoniy faoliyat o‘rtasidagi vaqt oralig‘i ikki soatni tashkil qilgan. Tajribaning nazorat qismida nonushta qilishdan so‘ng ko‘ngillilar uch soat davomida dam oldilar. Tajriba oxirida ularning qondagi glyukoza miqdori va mushaklardagi glikogen miqdori o‘lchandi.
Ma'lum bo‘lishicha, nonushta mashqlar davomida mushaklarda glikogen shaklida bo‘lgan uglevodlarni yo‘qotish tezligining oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, qondagi shakar darajasining pasayishi kuzatildi. Shuningdek, jismoniy faollikdan avval ovqat yeyish mashqdan keyin iste'mol qilinadigan oziq-ovqat hazm bo‘lishini tezlashtiradi.
Olimlar ertalabki ovqatning metabolizmga uzoq muddatli ta'sir qilishini aniqlash uchun tadqiqotni davom ettirishni rejalashtirmoqdalar.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026