Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning advokati AQSh maxsus prokuroriga tahdid qildi
AQSh prezidentining advokati Rudolf Juliani 2016 yilda Qo‘shma Shtatlardagi prezidentlik saylovlariga Rossiyaning aralashuvi bo‘yicha ishni olib borayotgan AQSh maxsus prokurori Robert Myullerga surishtiruv ishlari cho‘zilib ketadigan bo‘lsa, bunga javob berishi bilan tahdid qildi. Bu haqda Juliani Amerikaning MSNBC telekanali efirida aytib o‘tdi.
«Agar u «Rossiya ishi»ni ikki yoki uch hafta ichida yakunlamaydigan bo‘lsa, biz uni xuddi bir tonna g‘isht singari yer bilan bir qilib tashlaymiz», - deya aytib o‘tdi AQSh prezidentining advokati.
13 avgust kuni Rudolf Juliani maxsus prokuror Myuller Trampni «Rossiya ishi» bo‘yicha shu hafta so‘roq qilish haqida bir qarorga kelishi borasida aytib o‘tgandi. Bundan tashqari, Trampning advokati xabar berishicha, Myuller 1 sentabrga qadar AQShda bo‘lib o‘tgan saylovlarga Rossiyaning aralashuvi bilan bog‘liq surishtiruvni yakunlashi haqida bildirgan.
Rossiya Amerika saylov jarayoniga aralashuvini rad etmoqda.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026