Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekistonda AQSh biznesi haftaligi» o‘tkaziladi
2018 yilning 16 avgust kun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha Savdo vakili yordamchisi Mark Linskott boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
TIVda bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston prezidentining joriy yil may oyida Amerika Qo‘shma Shtatlarga qilgan rasmiy tashrifi yakunlariga ko‘ra erishilgan 4,8 mlrd AQSh dollari miqdoridagi investitsion va savdo shartnomalarini amalga oshirishning borishi hamda mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikning rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar 2018 yilning birinchi choragida AQShning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi asosiy investor bo‘lganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. AQSh ulushi 28%ni tashkil etdi.
Uchrashuvda Amerika tomonining 2018 yil oktabr oyida «O‘zbekistonda AQSh biznesi haftaligi»ni o‘tkazish tashabbusi muhimligi qayd etildi.
Ikki davlat vakillari O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini yangilash to‘g‘risidagi takliflar borasida ham fikr almashdilar.
Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa mavzular ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026