«Yuventus» rasmiy sayti orqali yarimhimoyachi Klaudio Markizio bilan xayrlashayotganini ma'lum qildi. Ayni paytda 32 yoshli futbolchining qaysi klubga o‘tayotgani haqida ma'lumot berilmagan.
Markizio «Yuventus» maktabi tarbiyalanuvchisi sanaladi. U bir yil «Empoli»da ijara asosida to‘p surganini inobatga olmaganda, butun faoliyatini «keksa sinora» safida o‘tkazgan.
Markizio turinliklar bilan Italiya chempionatida 7 karra, mamlakat kubogida 4 karra va Italiya superkubogida 3 marta g‘olib chiqqan. U, shuningdek, «Yuventus» libosida ikki marta YeChL finalida ham o‘ynagan. A Seriyaning o‘tgan mavsumida u 15 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifi bo‘lgandi.
Avvalroq OAVda Markizioga «Monako» va «Nitstsa» klublaridan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgandi.