Jamiyat | 14:42 / 18.08.2018
5051
2 daqiqa o‘qiladi

Bir mahallada ikki marotaba talonchilik qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida jinoyat sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 17 avgust kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 8 avgust kuni Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan O‘.Yu. va Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi A.K. “Iyk ota” mahallasida joylashgan qabriston oldida Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida yashovchi Z.O.ni yuziga qo‘llari bilan urib “Samsung” mobil telefonini, 9 avgust kuni esa aynan ushbu mahalla hududida Chinoz tumanida yashovchi D.X.ga ham kuch ishlatib uning “BOSCH” rusumli perforatorini tortib olib, voqea joyidan  ketganliklari ko‘rsatilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida O‘.Yu. va A.K. ushlanganlar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid