Sport | 10:40 / 19.08.2018
4582
3 daqiqa o‘qiladi

Jakartada Osiyo olimpiya kengashining bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 19 avgust kuni Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida Osiyo olimpiya kengashining 37-bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Indoneziyada o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlariga tashrif buyurgan delegatsiyalar rahbarlari, shuningdek, turli sport turlari bo‘yicha federatsiyalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Assambleyani Osiyo olimpiya kengashi prezidenti shayx Ahmad al-Fahad al-Ahmad al-Saboh ochib berdi va ma'ruza qildi.

Foto: Anvar Ilyasov

Assambleyada O‘zbekiston nomidan Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov qatnashdi.

Foto: Jasur Matchanov OOK prezidenti shayx Fahad bilan / Anvar Ilyasov

Shuningdek yig‘ilishda yana bir necha o‘zbekistonlik sport amaldorlari, xususan, Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti, Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov va Osiyo sambo ittifoqi prezidenti Alamjon Mullayev ham ishtirok etgan.

Foto: G‘ofur Rahimov / Kun.uz

Assambleyaning ikkinchi qismiga O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham yetib kelgan.

Foto: Umid Ahmadjonov va Jasur Matchanov / Kun.uz

U Olimpiya kengashi prezidenti shayx Ahmad al-Fahad hamda AIBA rahbari G‘ofur Rahimov bilan ham uchrashgan. 

Foto: Umid Ahmadjonov va G‘ofur Rahimov / Kun.uz

«Kun.uz» muxbiri xabar berishicha, assambleyada 2022 yili Xitoyning Hangjou shahri mezbonlik qiladigan Osiyo o‘yinlari va 2026 yili Yaponiyaning Ayti-Nagoya prefekturasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari, 2020 yilgi Tokio yozgi olimpiadasi va 2022 yilgi Pekin qishki olimpiadasi taqdimoti o‘tkazilgan, shuningdek, turli federatsiyalar rahbarlari taqdirlangan.

Foto: Anvar Ilyasov

Shuningdek, assambleya davomida sportning yangi turi - tekbol sporti taqdimoti ham o‘tkazilgan. Ayni vaqtda ushbu sport turi bo‘yicha maxsus sayt faoliyat boshlagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid