Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda avtohalokat. Yo‘lovchi va haydovchi halok bo‘ldi
Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida 19 avgust kuni fuqaro O.M. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinani “Jizzax-Paxtakor-Gagarin” yo‘lining 26-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Sh.A. boshqaruvidagi “VAZ-21013” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada “VAZ-21013” avtomashinasi yo‘lovchisi H.G‘. jarohat olib voqea joyida va haydovchi Sh.A. esa kasalxonada halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boysunda mudhish YTH yuz bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
23:31 / 16.01.2026
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning o‘g‘li Adam og‘ir «avariya»ga uchragani aytildi
10:48 / 15.01.2026