Jahon | 20:00 / 21.08.2018
10692
2 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada akulani minib sayr qilgan dayver hibsga olindi

Indoneziyadagi Chendravasix milliy parkida to‘rt shaxs kitsimon akulani minib sayr qilishdi. Ushbu holat tasvirlangan videolavhani mahalliy Slank rok-guruhi a'zosi Vira Satriaji internetga joyladi. 

«Bu video Chendravasix milliy parkida tasvirga olinganini aytishmoqda. Dayverlar kitsimon akula ustida sayr qilishmoqda», deb yozdi u.

Satriaji shuningdek Tvitterda mazkur holat haqida dengiz ishlari va baliqchilik xo‘jaligi vaziri hamda o‘rmon xo‘jaligi vaziriga ham ma'lum qildi.

Chendravasix milliy parki ma'muriyati bu hodisaga zudlik bilan munosabat bildirdi hamda surishtiruv ishlari olib borilishini ma'lum qildi.

Lad Bible nashrining yozishicha, akulani mahalliy tadbirkorlardan biri minib sayr qilgan va u allaqachon hibsga olingan. Nashrning bildirishicha, uning dayving uchun berilgan litsenziyasi olib qo‘yilishi mumkin.

Indoneziya qonunlariga ko‘ra, kitsimon akulalarga teginish taqiqlangan. Ularni jarohatlash juda oson va sekin harakatlangani bois osongina ovchilar o‘ljasiga aylanadi. Qonunga muvofiq, dayverlar bu akulalardan kamida bir metr masofada bo‘lishlari lozim.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid