Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft rossiyalik xakerlar hujumi haqida ma'lum qildi
Foto: AP
Microsoft kompaniyasi AQShda kuzda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlar arafasida Amerika siyosiy guruhlariga qarshi rossiyalik xakerlar hujumi yuz bergani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Microsoft ma'lumotlariga ko‘ra, «Rossiya hukumati bilan bog‘langan» xakerlar guruhi soxta domenlar yaratgan. Ular AQShning konservativ ikki siyosiy tashkiloti - Hudson Institute va International Republican Institute niqobi ostida yashiringan. Bundan tashqari, kompaniya mutaxassislari AQSh senati saytiga o‘xshash bo‘lgan uchta soxta domenni topdilar.
Microsoft huquqiy bo‘limi boshlig‘i Bred Smitning ma'lum qilishicha, xakerlar hujumi «demokratiyani susaytirishga» qaratilgan bo‘lgan. Kompaniyadan qo‘shimcha qilishlaricha, xakerlar fishing yordamida shaxsiy ma'lumot va o‘z qurbonlarining maxfiy so‘zlarini olishni rejalashtirishgan, biroq, Smitning so‘zlariga ko‘ra, ularning urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Mavzuga oid
16:59 / 10.01.2026
Ishinger: Rossiya yevropaliklar bilan emas, AQSh bilan muzokaraga qiziqyapti
14:26 / 10.01.2026
AQSh Rossiyaning “yashirin floti”ga tegishli beshinchi tankerni qo‘lga oldi
13:13 / 10.01.2026
Germaniya, Fransiya va Britaniya Rossiyaning “Oreshnik” raketa zarbasini qoraladi
12:12 / 10.01.2026