Microsoft kompaniyasi AQŞda kuzda bölib ötadigan oraliq saylovlar arafasida Amerika siyosiy guruhlariga qarşi rossiyalik xakerlar hujumi yuz bergani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Microsoft ma'lumotlariga köra, «Rossiya hukumati bilan boğlangan» xakerlar guruhi soxta domenlar yaratgan. Ular AQŞning konservativ ikki siyosiy taşkiloti - Hudson Institute va International Republican Institute niqobi ostida yaşiringan. Bundan taşqari, kompaniya mutaxassislari AQŞ senati saytiga öxşaş bölgan uçta soxta domenni topdilar.

Microsoft huquqiy bölimi boşliği Bred Smitning ma'lum qilişiça, xakerlar hujumi «demokratiyani susaytirişga» qaratilgan bölgan. Kompaniyadan qöşimça qilişlariça, xakerlar fişing yordamida şaxsiy ma'lumot va öz qurbonlarining maxfiy sözlarini olişni rejalaştirişgan, biroq, Smitning sözlariga köra, ularning urinişlari muvaffaqiyatsizlikka uçragan.