Sport | 14:25 / 21.08.2018
4372
1 daqiqa o‘qiladi

Taekvondo. Osipovada bronza, Shokin finalga chiqdi

Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining taekvondo bo‘yicha bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Osipova Svetlana +67kg

Svetlana Osipova (+67kg) qozog‘istonlik raqibasiga qarshi kechgan yarim final bahsida 9:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchi bronza medali sohibasiga aylandi.

Dmitriy Shokin +80kg

Bundan tashqari, Dmitriy Shokin (+80kg) yarim finalda iordaniyalik sportchi bilan kuch sinashdi. Ushbu bahsda O‘zbekiston vakili 5:4 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi o‘zbekistonlik sportchi finalda eronlik Said Rajabiy bilan kuch sinashadi.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid