Bosh prokuratura Yangiyo‘ldagi qotillik bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l tumanida ro‘y bergan qotillik jinoyati bo‘yicha video tarqaldi. Kun.uz ushbu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati bilan bog‘landi.
Ma'lum bo‘lishicha, 2018 yil 21 avgust kuni soat 10:30larda Yangiyo‘l tumani, O‘zbekiston mahallasida ijarada oilasi bilan birga yashab kelayotgan, 1983 yilda tug‘ilgan, ijarada yashagan xonadonda mol boquvchi, sudlanmagan O.M. shar'iy turmush o‘rtog‘i, 1985 yilda tug‘ilgan, tumandagi «Kon» kafesida ishchi bo‘lib ishlagan Ch.ni rashk negizida ishlashiga qarshilik qilib, yuzaga kelgan o‘zaro janjal natijasida oshxona pichog‘i bilan uni tanasining orqa qismiga 3 marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.
Qayd etilishicha, shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan O.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U ushlangan.
Mavzuga oid
10:00 / 08.10.2024
Yangiyo‘lda qariyb 275 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
00:26 / 28.07.2024
Yangiyo‘ldagi dahshatli qotillik. Hodisa joyidan reportaj
18:13 / 27.07.2024
Yangiyo‘l tumanida 5 kishini qasddan o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs ushlandi
12:15 / 27.07.2024