Sport | 12:24 / 22.08.2018
22626
3 daqiqa o‘qiladi

Ektor Kuper 30 nafar futbolchi bilan ilk yig‘inini boshladi

Foto: KUN.UZ

Bugun, 22 avgust kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig‘inga kirishdi.

O‘FA rasmiy saytining keltirishicha, argentinalik mutaxassis mazkur yig‘inga milliy chempionat va xorijda to‘p surayotgan 30 nafar futbolchini taklif qilgan.

Yig‘in davomida Kuper va uning yordamchilari terma jamoaga nomzod futbolchilar bilan yaqindan tanishib, ularning jismoniy va funksional holatlariga baho berish imkoniga ega bo‘lishadi.

Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoa sentabr oyidagi FIFA kunlarida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Dastlab 6 sentabr kuni Suriya, so‘ng 11 sentabrda Eron Toshkentda mehmon bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 5 yanvardan BAAda boshlanadigan Osiyo kubogida O‘zbekiston Yaponiya, Ummon va Turkmaniston termalari bilan birga «F» guruhidan joy olgan.

Toshkentdagi yig‘inga jalb qilingan futbolchilar:
 Darvozabonlar:
Suyunov Eldorbek (“Paxtakor”)
Zuhurov Murodjon (“Bunyodkor”)
Quvvatov Sanjar (“Nasaf”)
Nesterov Ignatiy (“Lokomotiv”)
 
Himoyachilar:
Denisov Vitaliy (“Krilya Sovetov”, Rossiya)
Shixov San'at (“Buxoro”)
Xolmuhamedov Murod (“Qo‘qon-1912”)
Ismoilov Anzur (“Lokomotiv”)
To‘xtaxo‘jayev Islom (“Lokomotiv”)
Gadoyev Shohruh (“Tedjon Sitizen”, J.Koreya)
Krimets Yegor (“Paxtakor”)
Muhammadiyev Shuhrat (“Lokomotiv”)
Zoteyev Oleg (“Lokomotiv”)
Az'amov Sherzod (“Lokomotiv”)
Sayfiyev Farrux (“Paxtakor”)
 
Yarim himoyachilar

Ahmedov Odil (“Shanxay SIPG”, Xitoy)
G‘ofurov Husniddin (“Lokomotiv”)
Haydarov Azizbek (“Bunyodkor”)
Mirzayev Sardor (“Lokomotiv”)
Shukurov Otabek (“Sharja”, BAA)
Sobirxo‘jayev Sardor (“Bunyodkor”)
Rashidov Sardor (“Lokomotiv”)
Shomurodov Eldor (“Rostov”, Rossiya)
Tursunov Sanjar (“Tedjon Sitizen”, J.Koreya)
Kozak Vladimir (“Paxtakor”)
Ibrohimov Javlon (“Bunyodkor”)
 
Hujumchilar:

Abduxoliqov Temurxo‘ja (“Lokomotiv”)
Bikmayev Marat (“Lokomotiv”)
Nagayev Ivan (“Qizilqum”)
Igor Sergeyev (“Paxtakor”)

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid