«Işlarim yaxşi ketyapti. Çempionlar ligasida ham öyinlar ötkazyapmiz. «Real» Madridga qarşi öyindagi golimni va ğalabani söz bilan ta'riflaşim qiyin. «Real»ga öynaşni hamma orzu qiladi, şu bois gol uriş boşqaça böldi.
Milliy jamoaga kelganimdan juda ham xursandman. Murabbiylar çaqirgani uçun qöldan kelgança işonçni oqlaşga harakat qilaman.

Klub va milliy jamoadagi maşğulotlarda farq deyarli yöq. Çempionlar ligasida bitta öyinga tayyorgarlik körişda baribir boşqa daraja böladi, unga moslaşişingiz kerak.
Belarusdagi faoliyatimdan boşlab, asosan hujumçi sifatida öynayapman. Bu men uçun qulay pozitsiya bölib qolgan. Hujumda özimni yaxşi his qilaman», - deydi Jasur Yaxşiboyev.
Eslatib ötamiz, Jasur Yaxşiboyev YeÇL joriy mavsumida 3ta öyinda maydonga tuşib, «Real»ga qarşi ğalabali bahsda (2:1) Madridda gol muallifiga aylangandi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston milliy jamoasi dastlab Toşkentda, keyinçalik esa Gruziya poytaxti Tbilisida öquv-maşğulot yiğini ötkazadi. Xorijdagi yiğin doirasida 15 noyabr kuni Gruziyaga qarşi örtoqlik öyini belgilangan. Uçraşuv Tbilisidagi «Boris Paiçadze» stadionida soat 19:00da boşlanişi rejalaştirilgan.













