Jahon | 23:56 / 22.08.2018
3222
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada Hermes brendi egalariga tegishli qasrni tunab ketishdi

Foto: Global Look Press

Fransiyada noma'lum shaxslar Hermes modalar uyiga egalik qiluvchi oilaga tegishli qasrni tunab ketishdi. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma'lumotiga tayanib Paris Normandie xabar berdi.

Hodisa Normandiya regionidagi Depp shahri yaqinida sodir bo‘ldi. Ushbu qasrda bu vaqtda 87 va 83 yoshli qariyalar bo‘lishgan, ularning ismlari oshkor qilinmayapti. 20 avgustdan 21 avgustga o‘tar kechasi qasrga yuzlarini kapyushon bilan to‘sib olgan ikki noma'lum shaxs bostirib kirgan. 

Talonchilar ularga tahdid qilib barcha naqd pullar va qimmatbaho taqinchoqlarni olib chiqib ketishgan. Qariyalarga hech qanday jarohat yetmagan.
Nashrning bildirishicha, talonchilar qimmatbaho buyumlar va pullardan tashqari «qandaydir ma'lumot»ni ham qo‘lga kiritishga urinishgan. Le Figaro’ning ma'lumot berishicha, ular qurbonlardan Parij yaqinidagi asosiy yashash joylari haqidagi ma'lumotni aytishni talab qilishgan.

Hermes modalar uyiga 1837 yilda asos solingan bo‘lib, u kiyim-kechak, parfyumeriya va aksessuarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Hermes ishlab chiqargan mashhur Birkin sumkalarining narxi bir necha o‘n ming yevroga boradi.

Iyun oyida Bloomberg Hermes savdo uyi egasi bo‘lgan Dyumalar oilasini dunyoning eng boy oilalari ro‘yxatiga kiritgandi. Ushbu oila vakillari jami 49,2 milliard dollar boylik bilan reytingning beshinchi pog‘onasidan joy olishgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid