Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiya Senati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama etdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiyadagi O‘zbekiston elchixonasida Fransiya Senati raisining diplomatik maslahatchisi Yuber de Kanson bilan uchrashishdi.
Parlamentarizm sohasida Fransiyaning boy tajribasini inobatga olib, ikki mamlakat oliy qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Qonunchilik palatasi huzurida yaqinda tarkibi yangilangan «O‘zbekiston-Fransiya» do‘stlik guruhi ish olib borayotgan bo‘lsa, fransuz Senati va Oliy Majlis Senati o‘rtasida parlamentlararo guruh hamkorlikda faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, O‘zbekiston parlamenti bilan hamkorlikni samarali olib borish maqsadida Fransiya Respublikasi parlamenti palatalarida ham parlamentar hamkorlik guruhlari tashkil etilgan.
Uchrashuv yakunida ikki tomon ham hamkorlikni rivojlantirish va parlamentlararo munosabatlarni chuqurlashtirishga qiziqish bildirishdi.
Mavzuga oid
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
08:20 / 20.05.2026