Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha tungi muassasalar kameralar va maxsus signalizatsiyalar bilan jihozlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda:
savdo obektlari va umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirishi;
uch oy muddatda alkogolli mahsulotlar savdo qilinadigan savdo obektlari va umumiy ovqatlanish korxonalarini texnik qo‘riqlash vositalari, yong‘indan darak beruvchi, qo‘riqlash signalizatsiyalari va videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash hamda o‘rnatilgan tartibda ichki ishlar organlarining texnik qo‘riqlash punktlariga ulash choralarini ko‘rishi bo‘yicha vazifalar yuklandi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari alkogolli mahsulotlarning tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini cheklash, ularning salbiy ta'siri profilaktikasiga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini kuchaytiradi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
12:54 / 14.03.2026