Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya Kataloniya hukumatini sudga bermoqchi
Foto: AFP
Kataloniya hukumatining xorijdagi faoliyati tiklanishi uning Ispaniya bilan sudlashuviga sabab bo‘lishi mumkin.
Ispaniya tashqi ishlar vazirligi Kataloniya hukumatining Buyuk Britaniya va Irlandiya, Germaniya, AQSh, Italiya, Shveytsariya va Fransiyada vakolatxonalari ochilishi bo‘yicha sudga da'vo arizasi tayyorlamoqda. Bu ofislar ishi 2017 yil oktabrida Kataloniyada Madridning bevosita boshqaruvi kiritilgandan keyin to‘xtatilgandi.
Ta'kidlanishicha, Kataloniya hukumati qaror qabul qilishdan avval buni Ispaniya hukumati bilan kelishmay va uni ogohlantirmay qonunni buzgan. Vakolatxonalarning ochilishida ham qonun buzilgan.
Ispaniya Kataloniya vakolatxonalarini ularning mavjudligi konstitutsiyaga zid kelgani sababli yopib qo‘ygandi, chunki Ispaniya tashqi siyosati markaziy hukumat tomonidan amalga oshiriladi. Bundan yagona istisno Kataloniyaning Bryusseldagi vakolatxonasi bo‘lgan, biroq uning rahbariyati ham chetlatilgandi.
Mavzuga oid
21:16 / 24.01.2026
Ispaniyada yo‘qolib qolgan mushuk besh oyda 250 kilometr yo‘l bosib uyiga qaytdi
12:34 / 23.01.2026
Ispaniyada poyezd kran bilan to‘qnashdi
09:05 / 21.01.2026
Ispaniyada poyezd ustiga devor quladi: mashinist halok bo‘ldi
07:30 / 21.01.2026