Kataloniya hukumatining xorijdagi faoliyati tiklanişi uning Ispaniya bilan sudlaşuviga sabab bölişi mumkin. 

Ispaniya taşqi işlar vazirligi Kataloniya hukumatining Buyuk Britaniya va Irlandiya, Germaniya, AQŞ, Italiya, Şveytsariya va Fransiyada vakolatxonalari oçilişi böyiça sudga da'vo arizasi tayyorlamoqda. Bu ofislar işi 2017 yil oktabrida Kataloniyada Madridning bevosita boşqaruvi kiritilgandan keyin töxtatilgandi. 

Ta'kidlanişiça, Kataloniya hukumati qaror qabul qilişdan avval buni Ispaniya hukumati bilan kelişmay va uni ogohlantirmay qonunni buzgan. Vakolatxonalarning oçilişida ham qonun buzilgan.

Ispaniya Kataloniya vakolatxonalarini ularning mavjudligi konstitutsiyaga zid kelgani sababli yopib qöygandi, çunki Ispaniya taşqi siyosati markaziy hukumat tomonidan amalga oşiriladi. Bundan yagona istisno Kataloniyaning Bryusseldagi vakolatxonasi bölgan, biroq uning rahbariyati ham çetlatilgandi.