O‘zbekiston | 15:50 / 24.08.2018
65528
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti

Foto: Yeoju 

Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalq bilan muloqot prinsipiga g‘oyat uyg‘un va hamohang bo‘lib, jumladan ta'lim tizimiga doir strategik o‘zgarishlar ham bu borada olib borilayotgan maqsadli islohotlar sirasiga kiradi.

Bunga misol sifatida, O‘zbekistonda yana bir nodavlat oliy ta'lim muassasasi - Toshkent shahridagi Yeoju texnika institutini tashkil etilganini keltirish mumkin.

Foto: Yeoju 

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22-24 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Koreya-O‘zbek «Biznes-Forum»i doirasida, koreyalik va o‘zbekistonlik hamkorlar o‘rtasida Toshkent shahrida Yeoju texnika institutini tashkil qilish haqida Memorandum imzolangan edi.

Foto: Yeoju 

Shu sababli, 2018 yil 24 iyul kuni Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti (keyingi o‘rinlarda Institut) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta'lim sohasida ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun davlat litsenziyasini oldi.

Foto: Yeoju 

Toshkent shahrida Yeoju texnika institutining tashkil etilishi Respublikamizda yangi ish o‘rinlar yaratilishi bilan bir qatorda, nodavlat va davlat ta'lim sektori o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitining paydo bo‘lishi, yoshlarning o‘zlari hohlagan va innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha ta'lim olishi, ta'lim va sanoatning chambarchas bog‘lanishi, ta'lim va kadrlar sifatini oshishi, davlat byudjyetiga tushumlarni ko‘payishi va byudjyetdan qoplanadigan sarf xarajatlarni kamayishi va ta'limga oid boshqa masalalarning ijobiy yechimiga olib keladi.

Foto: Yeoju 
Institutning ta'lim dasturi Koreya Respublikasining fan va texnologiyadagi so‘nggi yutuqlarini hisobga olgan holda, koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda tayyorlangan. Institut nazariy bilimlarni chuqur o‘rgatish bilan birga, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, mantiqiy, tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratadi.

Institut 2018-2019 o‘quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjat qabul qilishni boshladi:

- Arxitektura va shaharsozlik;

- Fuqarolik qurilishi;

- Muqobil energiya;

- Biznesni boshqarish;

- Turizm.

Koreya Respublikasining Yeoju texnika instituti vakillari delegatsiyasi, shu dargoh professori Chung Taekung va Xalqaro aloqalar boshqarmasi menejyeri, janob Choi Dong Woon bilan 2018 yil 17 avgust kuni Qabul komissiyasi faoliyati va kirish imtihonlariga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishish maqsadida Toshkent shahriga kelishdi. Koreyalik hamkorlarning tashrifi chog‘ida kirish test sinovlarining grafigi va o‘tkazilish joyi tasdiqlandi.

Foto: Yeoju 
Bundan tashqari, 2018 yil 30 avgust kuni Yeoju texnologik institutining ikki nafar vakili kirish imtihonlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun yetib kelishadi.
Foto: Yeoju 

Ayni paytda, o‘qishga kiruvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida, hujjatlar onlayn tarzda, http//admission.ytit.uz sayti orqali yoki Qabul komissiyasiga topshirilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Foto: Yeoju 
Foto: Yeoju 
Foto: Yeoju 
Foto: Yeoju 
Foto: Yeoju 
 
Qabul komissiyasi manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir ko‘chasi 110-uy.

Hujjatlar 2018 yil 31 avgust kuni soat 18:00gacha qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (+99871) 253-81-53, 253-02-19, 253-23-19, 280-56-02. 

Qo‘shimcha ma'lumotlarni www.ytit.uz sayti orqali olish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid