Jahon | 08:33 / 25.08.2018
13530
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyaga ehtimoliy zarba haqida Rossiyani ogohlantirdi 

Foto: AFP Photo/Fabrice Coffrin

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bilan uchrashuvda, agar Suriya Arab Respublikasi hukumati mamlakat hududida kimyoviy qurol ishlatadigan bo‘lsa, Vashington Suriyaga zarba berishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda Bloomberg o‘z manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Suriya hukumati mamlakat muxolif kuchlariga qarshi kimyoviy qurol ishlatishi mumkinligiga oid ma'lumotga egadir.

Ta'kidlanishicha, Bolton Vashington bunday «kimyoviy hujum» ro‘y beradigan bo‘lsa, Suriya Arab Respublikasiga nisbatan jiddiy harbiy javob berishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Suriyada kim IShID o‘rnini egallashini ma'lum qilgandi.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya so‘zlariga ko‘ra, Suriyada IShID guruhi terrorchilarining o‘rniga «Al-Qoida» jangarilari kelishi mumkin. 

Mavzuga oid