Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aleksey Navalniy Moskvada qo‘lga olindi
Rossiya muxolifati yetakchi Aleksey Navalniy Moskvada qo‘lga olindi. Bu haqda uning matbuot kotibi Kipa Yarmish Twitter sahifasida yozmoqda.
Navalniy mahalliy politsiya bo‘linmasiga noma'lum sabablar bilan olib ketilgan.
U Kremlga qarshi noroziliklarini tashkillashtirgani uchun bir necha marta qo‘lga olingandi. Shu sababli prezidentlik saylovida qatnasha olmagan. Lekin Navalniy bu xabarni rad etgan.
42 yashar yetakchi joriy yilning may oyida Putinga qarshi umummilliy namoyishni tashkillashtirgani uchun 30 kunlik qamoq jazosiga mahkum etilgandi. U 90dan ortiq shaharlarda “Putin bizning podshoh emas” shiori ostida namoyishlar uyushtirdi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026