Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga birinchi litsenziya qo‘lga kiritildi
Indoneziya bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida O‘zbekiston vakili Denis Istomin oltin medalni qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Denis Istomin Tokioda 2020 yil bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga ham litsenziyani yutib oldi. Unga ushbu litsenziya o‘yindan so‘ng tantanali topshirildi.
Ma'lumot uchun: Denis Istomin ushbu Osiyo o‘yinlarida O‘zbekistonga beshinchi oltin medalni taqdim etdi.
Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, Denis Istomin bugunning o‘zidayoq AQShga uchib ketadi. U ushbu davlatda tashkil etiladigan US Open musobaqasining birinchi davrasida mahalliy tennischi Stiv Jonson bilan bellashadi.
Mavzuga oid
17:26 / 13.11.2024
Balida vulqon otilishi tufayli 20 dan ortiq xalqaro reyslar bekor qilindi
10:17 / 11.11.2024
O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
18:34 / 04.11.2024
Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
16:31 / 04.11.2024