Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya vaziri O‘zbekistonni hamkorlik uchun eng jozibador mamlakat deb atadi
O‘zbekiston iqtisodiy va intellektual salohiyati tufayli Rossiya uchun jozibador mamlakatdir. Bu haqda Toshkentda Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin ma'lum qildi.
«O‘zbekiston turli sohalarda, jumladan, sarmoya sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkor sifatida eng jozibador mamlakatdir. Maksimal iqtisodiy, intellektual salohiyatga ega, boy tabiiy resurslarga ega istiqbolli mamlakat. Biz o‘zaro munosabatlarimizning dinamikasi kun sayin tez sur'atlarda rivojlanayotganidan mamnunmiz», - dedi Oreshkin O‘zbekiston Moliya vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.
Uning ta'kidlashicha, Rossiya ikki mamlakat o‘rtasida «savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun ko‘plab yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga tayyor».
Uchrashuvning eng asosiy mavzularidan biri - joriy yil oktabr oyiga rejalashtirilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga amalga oshiradigan davlat tashrifi bo‘ldi. Tomonlar iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya majlisining kun tartibini ko‘rib chiqdilar, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha tajriba almashish uchun birgalikda ishchi guruhlar tuzishni rejalashtirdilar.
Mavzuga oid
16:23
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026