Fan-texnika | 11:25 / 25.08.2018
13348
6 daqiqa o‘qiladi

SIGNATURE KITCHEN SUITE oshxona texnikasi: uyingiz uchun «bashanglik»

LG Electronics (LG) Berlindagi IFA-2018 ko‘rgazmasida Yevropa bozoriga mo‘ljallangan ultra yuqori darajadagi o‘rnatiluvchi SIGNATURE KITCHEN SUITE oshxona texnikasi qatorini taqdim etdi. Yangi modellar dizayni Yevropa uslubi va turmush tarzining eng qattiq tanqidchilarining ham ehtiyojlarini qondirish uchun yaratilgan.

O‘rnatiluvchi SIGNATURE KITCHEN SUITE texnikasi uchun aqlli yechimlar LG’ning 18-zaldagi asosiy ekspozitsiyasidan tashqarida, Berlin Messe kompleksining yozgi bog‘ida ochiq osmon ostidagi o‘z ko‘rgazma zonasida namoyish etiladi. Ushbu axborot va interaktiv ko‘rgazma maydoni shahar vohasida suzib yuruvchi bog‘ni eslatib yuboradi, unda Yevropadagi maishiy texnika va elektronika bo‘yicha eng yirik savdo ko‘rgazmasi doirasida barcha qator namoyish etiladi.

SIGNATURE KITCHEN SUITE Yevropa bozori uchun hashamatli oshxonalar bo‘yicha yangi imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qatorni yaratishda LG’ning texnik nou-xausi, uning katta professional tajribasi va dizayn sohasidagi yetakchiligidan foydalanilgan. Ko‘pgina Yevropa oshxonalari uchun ixchamlik odatiy bo‘lib, u mavjud bo‘lgan joyni eng ijodiy va samarali usulda qo‘llashi mumkin bo‘lgan o‘rnatiluvchi texnikaga bo‘lgan talabni keltirib chiqaradi. LG biznes strategiyasi uchun Yevropadagi kuchli pozitsiyalar tufayli premium-sinfdagi maishiy texnika bozorida yuqori sifatli o‘rnatiluvchi texnika segmentida raqobatbardosh bo‘lib qolish muhimdir. SIGNATURE KITCHEN SUITE qatori shu yilning oxirida Yevropa bozorida - avvaliga Italiyada, so‘ng mintaqaning boshqa muhim bozorlarida debyut qiladi.

SIGNATURE KITCHEN SUITE yuqori mahorat, innovatsion dizayn, yuqori ishlab chiqaruvchanlik, kengaytirilgan foydalik va premium xizmat ruhini o‘zida mujassam etgan. Shuning uning LG Yevropadagi debyut ustida shakl va funksiyani ideal birlashtirish maqsadida Valcucine hamda Arclinea oshxona dizayni bo‘yicha italiyalik yuqori malakali mutaxassislar bilan hamkorlik qilmoqda. Valcucine va Arclinea bilan ishlash SIGNATURE KITCHEN SUITE’ga minimalizm, kam payqalish va avtomatlashtirish konsepsiyasini ideal dolzarb ko‘rinishga keltirish imkonini beradi. Yangi to‘plam Yevropa iste'molchisining turli didlariga javob beradigan ajoyib muhitni shakllantirish uchun amaldagi makonga ideal qo‘shilish maqsadida ishlab chiqilgan va u ham buyurtmaga, ham standart oshxona jihozlarida ishlaydi. SIGNATURE KITCHEN SUITE o‘zgacha uslubdagi panellar va bosib turuvchi bashanglikdan silliq zanglamaydigan po‘lat hamda nisbatan modern uslub kabi variantlarda mavjud.

SIGNATURE KITCHEN SUITE bilan sizni unutilmas pazandalik tajribasi kutmoqda. Texnikalar to‘liq to‘plami o‘z ichiga shkaf, induksion pishirish paneli, muzlatgich, idish-tovoq yuvish mashinasi, ichimliklar uchun shkaf va espresso kofemashinasini qamrab oladi. Uy bekalari qizdiradigan shkafning eng ilg‘or funksiyalari va ko‘plab imkoniyatlaridan hayratda qolishadi - bug‘ va konveksiya yordamida foydali hamda mazali taomlar tayyorlash imkoni, issiqlikni duxovka bo‘ylab birdek taqsimlash uchun ProHea (SM), shuningdek, pechni qoldiqlardan tez va yengil tozalash uchun Speed Clean (SM) funksiyasi. LG SIGNATURE KITCHEN SUITE Yevropa taqdimoti doirasida ichimliklarga mo‘ljallangan shkaflar qatori, dekorativ panellarga ega o‘rnatiluvchi qizdiradigan shkaflarning yangi seriyasi, shuningdek, bug‘ funksiyasiga ega kuchli idish-tovoq yuvuvchi mashinani ilk bor taqdim etadi.

SIGNATURE KITCHEN SUITE seriyasidagi texnika Wi-Fi orqali aqlli ravishda ulanish imkoniyatiga ega, bu qurilmalarni Google Assistant va Amazon Alexa kabi sun'iy idrok platformalariga to‘liq moslashtiradi. Aqlli aloqa egalariga masofadan turib ko‘p operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi: masalan, Innit, SideChef va Drop kabi ilovalardan foydalangan holda retseptlarni qidirish; retseptlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizdiradigan shkaf menyusiga yuklash va oldindan qizdirish, kerakli pishirish rejimini belgilash hamda oshxonadagi barcha operatsiyalarni nazorat qilish.

«Bu yil SIGNATURE KITCHEN SUITE premial darajadagi o‘z maishiy texnikamizni o‘ta nozik didli Yevropa bozorida taqdim etishdan juda mamnunmiz», - deya ma'lum qildi LG Electronics Home Appliance & Air Solution kompaniyasi prezidenti Daxyun Song (Song Dae-hyun). «Biz intellektual texnologiyalar va yuqori texnologiyali qurilmalarimizning uyg‘unlashuvi ushbu toifa bo‘yicha faoliyat yuritadigan Yevropa brendlariga biznesni rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyat berishiga ishonchimiz komil».

IFA 2018 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilarni SIGNATURE KITCHEN SUITE o‘rnatiluvchi ultra-premium texnika qatorini ko‘rish uchun 18-zaldagi LG stendiga tashrif buyurishga taklif qilamiz.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid