Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkada O‘zbekistonning ziyorat turizmi masalalari muhokama qilindi
Makkadagi "Abroj Al-Hidoya" mehmonxonasida O‘zbekiston musulmonlar idorasining Saudiya Arabistonidagi hamkori "Al-Hidoya" va Indoneziyaning "Burxon Al-Hidoya" kompaniyalari vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Umra vaqtida indoneziyalik ziyoratchilarning O‘zbekistonning qadimiy shaharlariga safarini tashkillashtirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqida Musulmonlar idorasi rasmiy veb-portalida xabar berildi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nuriymon Abulhasan va hamkor kompaniyalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Prezidentning 2016 yil 2 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasida turizm sanoatini tezkor rivojlantirishni ta'minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq, respublika hukumati ziyorat turizmidagi xizmatlarni yaxshilash, mehmonlarning mamlakatimizga tashrifi chog‘ida qulay shart-sharoitlarni ta'minlash, oziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarga "halol" sertifikatini kiritish, turizm sanoatida xorijiy investorlar uchun imtiyozlar va preferensiyalar berish bo‘yicha qator choralar ko‘rmoqda.

Bundan avval KUN.UZ'da Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etilgani hamda Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishidagi aviareyslarning yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026