Sport | 09:36 / 26.08.2018
6177
1 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonlik karatechilardan biri yarim finalga chiqdi

Foto: Hasan Pirmuhammedov

O‘zbekiston karate jamoasining -60 kg vazn toifasidagi vakili Sadriddin Saymatov Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi.

21 yoshli Saymatov nimchorak finalda qozog‘istonlik Darxon Assadilov ustidan 8:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

U chorak finalda saudiya arabistonilik Sulton Jamal Alzahroniyni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi.

Endi u yarim finalda eronlik 28 yoshli Amir Mahdizodaga qarshi bellashadi.

Bugungi bahslarda o‘zbekistonlik yana ikki karatechi ishtirok etadi. Dastlab -61 kg vazn toifasida Barno Mirzayeva qirg‘izistonlik Kimbat Toytonovaga qarshi tatamiga chiqsa, -67 kg vazn toifasida Iqboljon Uzoqov saudiya arabistonilik Fahad Alxatami bilan kuch sinashadi.

Mavzuga oid