Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sohilga chiqib qolgan «qizil rangli» akula olimlarni o‘ylantirib qo‘ydi
AQShning Massachusets shtati plyajlaridan birida topilgan uch metrlik katta oq akula politsiyalarni ham, biologlarni ham o‘ylantirib qo‘ydi: ushbu akula tanasining yarmi qizil rangda bo‘lgan. Bu haqda Fox News xabar berdi.
Voqea joyiga kelgan politsiyachilar akulaning nobud bo‘lishi sababini aniqlay olmagach, olimlarni chaqirtirishgan. Olimlar akulani yorib, uning oshqozonida bir nechta qo‘rg‘oshin yukchalarni topishgan.
Biroq bu akula terisining noodatiy rangdaligiga oydinlik kiritmagan. Biologlar akula tanasining pastki qismi va tumshug‘i qizil rangdaligining sababini tushuntirib berisha olmagan.
Akula terisi va ichki organlari namunalari oq akulalarni o‘rganish markaziga topshirilgan. Olimlar vaqti kelib buning sababini aniqlashga umid qilishmoqda.
Mavzuga oid
11:58
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
10:04 / 23.05.2026
AQSh Milliy razvedkasi rahbari iste’foga chiqdi
23:05 / 22.05.2026
Rubio AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi
20:13 / 22.05.2026